Balki

Xayolimga kelmagan bu
Kunlar bizni etmoqdalar harob
Yetti uxlab ko`rmaganman bu
Tushlarim o`ngga aylandi shu on
 
Nima bo`lsa bo`lsin, mayli,
Tugasa ham sevgi sayli
O`y-ruhan bo`lsa hamki baxtli,
Birgamiz abadiy
 
Balki bu taqdir ishi,
Balki bu baxtning qishi
Balki keladi takror
O`sha biz kutgan bahor,
Balki qoldik yanglishib
 
Balki bu yolg`onchi kun,
Balki bu ertak yoki afsun
Unutilib bu bari,
Balki bo`larmiz hali biz Layli-Majnun
 
Tugaguncha bor umrimiz,
Har on taqdir sinovidadirmiz
Bahor, yozin kuzatib kuz
To`kar baxt bog`iga xazon, afsus
 
Oz bo`lsa ham, birga baxtli
Kunlar o`tdi muhabbatli
Garchi ruhan bo`lsa hamki,
Birgamiz abadiy
 
Balki bu taqdir ishi,
Balki bu baxtning qishi
Balki keladi takror
O`sha biz kutgan bahor,
Balki qoldik yanglishib
 
Balki bu yolg`onchi kun,
Balki bu ertak yoki afsun
Unutilib bu bari,
Balki bo`larmiz hali biz Layli-Majnun

musixmatch.com, jh-radio.ru