Konikmadim

Birinchi uchrashuvni esladim, esla sen ham
Ikkimizdan qolgan yodgorlik bormi?
Men o'zgarmadim, sen ham o'shasan
Qani o'sha sevgi, senda shu savol bormi?

Tungi osmonda so'ngan bo'lsa yulduzlar
Bil, sen ko'nglimda o'chmas bo'lib qolgansan
Yer bilan osmon ehtimol o'rin almashar
Ammo seni, sevgim, hech kimga alishmasman

Yuzim kulib turar, dil esa xasta
Kim menga sendayin yor bo'la oldi?
Hech kim, deya javob berdim ohista

Egallagan sevgi qafasi, unda men yolg'izman hamon
Chegarasini ko'rmay ezilar yurak yomon
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay
Bir bora tushlarimga endi kel, kel

Yuragim...
Hislarim...
Nega sendan voz kecholmas?
Nega seni unutolmas?

So'zlarim...
Ko'zlarim...
Sendan o'zgani ko'rishga...
O'zgani sevishga ko'nikmadi!
Ko'nikmadi!

Men sensizlikka ko'nikdim, ko'nikkin sen ham
Unut meni, yurak o'zgaga zor, deding
Yozgan she'rlarimni birma-bir o'qib chiqsam
Har bir satrlarimda, har bir so'zida bor eding

Menga sevgi dengizini ilk bora sen ochding
So'ngra tubiga tortarding
Yoqamni qo'yvormay

Meni bundan halos et
Ikkimizga ham qolmasmu armon?
Balki men bunga ko'nikolmadim, ammo
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay
Bir bora tushlarimga endi kel, kel

Yuragim... (Yuragim)
Hislarim... (Hislarim)
Nega sendan (Nega?) voz kecholmas? (Nega ayt?)
Nega seni unutolmas?

So'zlarim... (So'zlarim)
Ko'zlarim... (Ko'zlarim)
Sendan o'zgani ko'rishga...
O'zgani sevishga...

Yuragim... (Yuragim)
Hislarim... (Hislarim)
Nega sendan (Nega?) voz kecholmas? (Nega ayt?)
Nega seni unutolmas?

So'zlarim... (So'zlarim)
Ko'zlarim... (Ko'zlarim)
Sendan o'zgani ko'rishga...
O'zgani sevishga ko'nikmadi!

Alam deymu, borim deymu (Ko'nikmadim)
O'tkan kunlar sevgi deymu?
Yoki tuyg'ulardan jo'shib
Seni unutmadim deymu? musixmatch.com, jh-radio.ru
Другие песни: